Individual tahlil
Har bir biznes alohida mezonlar asosida baholanadi.
Asaxiy Invest biznesingiz uchun zarur bo‘lgan tovar, xomashyo yoki uskunani moliyalashtiradi. Jamoamiz biznesingizni baholay olishi uchun ariza qoldiring.

Biznesni kengaytirish, yangi imkoniyatlardan foydalanish yoki operatsion salohiyatni oshirish uchun qo‘shimcha kapital zarur bo‘lishi mumkin. Asaxiy Invest biznesning faoliyati, moliyaviy holati va rivojlanish rejasini o‘rganib, sarmoyaviy hamkorlik imkoniyatini taqdim etadi.
Har bir biznes alohida mezonlar asosida baholanadi.
Hamkorlik tartibi va majburiyatlar shartnomada belgilanadi.
Faoliyat va hamkorlik modeli Islom moliyasi tamoyillari asosida ko‘rib chiqiladi.
Investorlar kapitali Asaxiy Invest orqali real savdo va biznes yo‘nalishlariga yo‘naltiriladi. Har bir loyiha bo‘yicha hamkorlik shakli, mablag‘dan foydalanish tartibi, muddat va moliyaviy natijalarni taqsimlash shartlari alohida kelishiladi.
Biznesingiz va sarmoyaga bo‘lgan ehtiyojingiz haqida dastlabki ma’lumotlarni yuborasiz.
Jamoamiz biznesingiz modeli, moliyaviy ko‘rsatkichlari, bozor salohiyati va mavjud risklarni o‘rganib chiqadi.
Hamkorlik shakli, sarmoya miqdori, muddat, majburiyatlar va natijalarni taqsimlash tartibi belgilanadi.
Shartnoma imzolangandan so‘ng loyiha bo‘yicha sarmoyaviy hamkorlik boshlanadi.
Har bir biznes individual tartibda baholanadi. Qaror faqat bitta ko‘rsatkichga emas, biznesning moliyaviy holati, pul oqimi va majburiyatlarining umumiy barqarorligiga asoslanadi.
Mahsulot yoki xizmatdan olinadigan marja biznesning xarajatlarini qoplash va barqaror faoliyat yuritish imkonini berishi kerak.
Biznesning oylik sof foydasi, mavjud kredit to‘lovlari va yangi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati baholanadi.
Bank hisob-raqami, karta va boshqa rasmiy savdo kanallari orqali tasdiqlanadigan tushum biznesning real aylanmasini tushunishga yordam beradi.
So‘ralayotgan moliyalashtirish miqdori biznesning oylik savdo hajmi, pul oqimi va mavjud qarzdorligiga mutanosib bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan mezonlar umumiy hisoblanadi. Har bir biznes individual tartibda baholanadi.
Bizneslar uchun sarmoyaviy hamkorlik bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.